Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda.

Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi terma jamoamizning Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik dasturidan o’rin olgan dastlabki mashg’ulotlar ayni kunlari “Chig’atoy” bazasida bo’lib o’tyapti.

Bugun U20 ayollar terma jamoasi AGMK-W vakillariga qarshi o’rtoqlik o’yinida maydonga tushib, 2-1 hisobida g’alaba qozondi. Terma jamoamizning gollariga Albina Boboqulova va Nodira Iskandarova mualliflik qildi.

U20 O’zbekiston a.t.j 2-1 AGMK-W
Gollar: Albina Boboqulova, Nodira Iskandarova

U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi: Polyushkevich Angelina, Kosnikova Marina, Suyunova Oysara, G’aniyeva Charos, Iskandarova Nodira, Jo’raboyeva Diyora, Zaynitdinova Shaxrizoda, Mingboyeva Omadoy, Seyitmirova Soxibabonu, Mamatkarimova Zarina, Rashidova Tojiniso

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nurullayeva Sevara, Shodiyeva Amina, Oktyaberova Sabrina, Toshpo’latova Rushana, Saydullayeva O’g’iloy, Xatamova Umida, Erkinova Komola, Boboqulova Albina