Free ebooks Library zlibrary project

Xabar berganimizdek, FIFA konsultanti, Germaniya Bundesligasida ko’p yillar faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Robert Nimen O’FA faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutasaddi va mutaxassislar bilan uchrashmoqda. Robert Nimen “Bunyodkor” futbol klubi, akademiyasi va stadioni faoliyati bilan ham tanishdi. Germaniyalik mutaxassis yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirib, ularga yuqori baho berdi.

Shuningdek, FIFA konsultanti O’FA qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida bo’lib, ish jarayonini kuzatdi. Markaz vakillari tomonidan futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirish bo’yicha mavjud tizim haqida ma’lumotlar berildi. O’z navbatida Robert Nimen markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.