Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 22-fevral kuni Asker Xalmuratov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “Rivojlanish kubogi”ning 3-turida Ozarbayjon U-16 jamoasiga qarshi bahs olib bordi va gʻalaba qozondi.

Jamoamizning gollariga Davron Toʻlaganov (15’) va Quvonchbek Abrayev (62’) mualliflik qildi. Vakillarimiz ushbu gʻalaba evaziga ochkolar sonini 5 taga yetkazib olgan holda “A” guruhida 2-oʻrinni egallashdi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 24-fevral kuni 3-oʻrin uchun Belarus U-16 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining Ozarbayjonga qarshi uchrashuv uchun boshlangʻich tarkibi:

1. Rasul Mamatov (C)
5. Diyor Ermanov
6. Ozodbek Ibodulloyev
7. Quvonchbek Abrayev
8. Shahobiddin Poʻlatov
10. Jasurbek Jumaboyev
11. Diyorbek Qoʻshmatov
15. Saddam Ahmadov
18. Azizbek Anvarov
20. Alisher Shukurov
22. Davron Toʻlaganov

Zaxiradagilar: Zayniddin Yusufxonov, Shorahim Shorahmedov, Muhammadali Qodirjonov, Behruzjon Karimov, Asadbek Anvarov, Orzibek Turgʻunov, Ogʻabek Eshmamatov, Ozodbek Tojiyev, Komronbek Yusupov