Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Kuvaytda futzal boʻyicha Osiyo kubogi musobaqalari boʻlib oʻtadi. Mazkur qitʼa birinchiligida Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurdi. Uchrashuvda OʻFA tomonidan futzalchilarimizga oldinda turgan yirik turnirga sifatli va tizimli tayyorgarlik koʻrishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani va murrabiylarning rejasi asosida tayyorgarlik jarayonlari davom etayotganligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida Ravshan Irmatov Jahon chempionatida qayd etilgan natija jamoamizga katta tajriba bo’lgani, murrabiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan tayyorgarlik rejasi futzalchilar tayorgarligiga asos bolishi va muxlislar terma jamoamizdan faqat yuqori natijalarni kutib qolishi haqida ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi.

Eslatib oʻtamiz, Kuvaytda bo’lib o’tadigan Osiyo Kubogida vakillarimiz “B” guruhidan joy olgan boʻlib, guruhda Bahrain, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi toʻp surishadi.

Jamoa 18, 20-avgust kunlari Osiyo Kubogi mezboni Kuvayt terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.