Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

U-20 Osiyo kubogi haqida:
Barchaga Assalomu alaykum. Oʻzbekistonga hush kelibsiz. Biz bu turnirni intizorlik bilan kutdik. Nafaqat jamoa, balki mahalliy tashkiliy qoʻmita tomonidan musobaqaga uzoq tayyorgarlik koʻrildi. Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz.

Musobaqaning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi jamoaga qay darajada taʼsir qiladi:
Albatta, Oʻzbekistonda oʻtayotgan musobaqada barcha jamoalar oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻyishgan. Xususan, biz ham. Yurtimizda oʻtayotgan bu turnirda zafar quchib, Indoneziyada oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga yoʻl olishni maqsad qilganmiz.

Raqiblar haqida:
Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, oʻylashimcha, ularni yetarlicha oʻrganishga harakat qildik.

Xalqaro maydondagi tajriba haqida:
Bilasiz, pandemiya tufayli bu yosh toifasidagi bir nechta turnirlar qoldirilgan. Biroq biz reja boʻyicha ishladik. Bir nechta yigʻinlar oʻtkazib, kuchli jamoalarga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. Umuman olganda, yetarli darajada tayyorgarlik olib bordik. Barcha futbolchilar musobaqaga tayyor.

Barcha jamoalarga omad tilayman.