Free ebooks Library zlibrary project

Futzal milliy terma jamoamizdan noxush xabar

Osiyo kubogi oldidan tarkibda yo‘qotish. O‘zbekiston terma jamoasi asosiy darvozaboni Ravshan Eliboyev Qozog‘istonga qarshi bahsda kichik jarohat olgan edi. Tailanddagi tayyorgarlik jarayonida ushbu jarohat darvozabonimizni yana bezovta qildi. O‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar natijasida va jamoa shifokorlarining tavsiyasiga ko‘ra Eliboyev ushbu turnirda maydonga tusha olmasligi ma‘lum bo‘ldi.

Osiyo kubogi qaydnomasida uning o‘rnini Sunnatjon Anvarov egallaydi.