Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tuzilgan edi. Taqdimotda bu sohalarda davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish va ularni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

Yangi tizimga koʻra, yoshlar oʻrtasida festival, forum, tanlov va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yagona yillik kalendar reja asosida oʻtkazish joriy qilinadi va bu boʻyicha maʼlumotlar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib boriladi. “Yoshlar daftari” orqali taqdim etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 2023-2024-yillarda 1,5 barobargacha oshiriladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidagi 3 ta davlat unitar korxonasi faoliyati maqbullashtirilib, ularning funksiyasi xususiy sektorga oʻtkaziladi.

Davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida sohadagi 24 ta yoʻnalishni qamrab olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi.

Sohani raqamlashtirish va sport turizmini rivojlantirishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, kelgusi yildan boshlab musobaqalarda qatnashadigan sportchilarning shaxsi va malakasini identifikatsiya kartalari orqali aniqlash tartibi joriy etiladi. Sportga homiylik koʻrsatgan jismoniy shaxslarga chet ellardagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Buning uchun ular oʻrtasida lotereya oʻyinlari oʻtkaziladi.
Soha vakillarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi joriy etilmoqda. Shuningdek, sportchilarga huquqiy, tibbiy xizmatlar koʻrsatish tadbirlari ham nazarda tutilmoqda.

Yurtimizda futbol eng ommaviy sport turi. Shu bois bu yoʻnalishni rivojlantirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi. FIFAning maxsus dasturi asosida bogʻcha va mahallalarda “Ommaviy futbol”, oʻrta taʼlimda “Maktablarda futbol” hamda oliy oʻquv yurtlarida “Talabalar ligasi” dasturlarini joriy qilish taklifi bildirildi.

Iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning uzviyligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida 14 ta futbol maktabi, “Doʻstlik” stadioni negizida barcha yosh toifalari uchun Terma jamoalar markazi tashkil etiladi. Futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati takomillashtirilib, Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar jalb qilinadi.

Soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tuziladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilanadi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni qoʻllab-quvvatlab, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.