Free ebooks Library zlibrary project

O’zbek futboli afsonalarining O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolaridan iborat ramziy jamoalari bilan tanishtirib boramiz.

#MilliyJamoa safida uzoq yillar mobaynida ishonchli o’yin namoyish etib, ko’psonli muxlislar olqishiga sazovor bo’lgan yaqin o’tmishning mohir darvozaboni – PAVEL BUGALO O’zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida turli yillarda o’ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoasini tuzib berdi.

Pavel Bugalo uchun eng yodda qolarli o’yin Afro-Osiyo kubogi-1995 doirasidagi safarda o’tgan Nigeriya – O’zbekiston (1:0) uchrashuvi ekan. 80 000 tomoshabin qarshisida kechgan o’yinning eng yaxshi futbolchisi, deya aynan Bugalo e’tirof etilgan edi.

Marhamat, Pavel Bugaloning ramziy jamoasi bilan tanishing!