Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasining dastlabki turi doirasida Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi va mag’lub bo’ldi – 1:2.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o’tdi. 28-daqiqada Mark Pubil gol urib hisobni ochdi. 45+3-daqiqada olimpiyachilarimiz sardori Eldor Shomurodov penaltidan hisobni tenglashtirdi va o’zbek futboli tarixida Olimpiya o’yinlarida gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Ikkinchi bo’limning 59-daqiqasida darvozabonimiz Abdubohid Ne’matov penaltini qaytardi. Biroq 62-daqiqada Serxio Gomes darvozamizni ishg’ol qildi va Ispaniyaga g’alaba keltirdi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz 27-iyul kuni Misrga qarshi bahs olib boradi.