Bugun Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan “Mirabror Usmonov kubogi-2025” turniri doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamizning gollariga Samandar Mavlonqulov (8’), Jahongir Oʻrozov (11’) va Nodirbek Abdurazzoqov (48’) mualliflik qildi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 28-iyul kuni Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da “JAR” stadionida start oladi.
