Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining 1/8 final bosqichi doirasida Indoneziya olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ekstra-taymlarda jamoamiz faollikni oshirdi va Sherzod Esanovning 92 va 120-daqiqadagi gollari evaziga chorak finalga yo‘l oldi.

Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 1-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni – Hindiston uchrashuvi g‘olibiga qarshi o’tkazadi.