Free ebooks Library zlibrary project

“C” guruhi

1-tur

O‘zbekiston – Eron

9-yanvar | 15:15 | “Tinsulanon” stadioni, Songxla

 

2-tur

Xitoy – O‘zbekiston

12-yanvar | 18:15 | “Tinsulanon” stadioni, Songxla

 

3-tur

O‘zbekiston – Janubiy Koreya

15-yanvar | 15:15 | “Tammasat” stadioni, Patum Tani

 

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqadagi dastlabki o‘yinini 9-yanvar kuni Eron olimpiyachilariga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv esa Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 17:15da (Toshkent vaqti bilan soat 15:15da) boshlanadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv 12-yanvar kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi va bahs 18:15da start oladi. Ikkinchi uchrashuv ham Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Guruhdagi 3-tur o‘yini esa Janubiy Koreya termasiga qarshi kechadi. Mazkur o‘yin 15-yanvar kuni Bangkokka qo‘shni Patum Tani shahridagi “Tammasat” stadionada soat 15:15da boshlanadi.