Bugun, 12-sentyabr kuni Toshkentda 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “E” guruhi 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Jar” stadionida Eron termasiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Abbosbek Fayzullayevning 47-daqiqada kiritgan goli, uchrashuv taqdirini hal qildi.
Shuningdek O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchayev 6 ta gol bilan saralash bosqichi to‘purari bo‘ldi.