Bugun 28-yanvar kuni Farhod Nishonov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Jakarta shahrida Tailand U-20 terma jamoasiga qarshi bahs olb bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Jamoamizning goliga Murodjon Komilov mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, yoshlarimiz navbatdagi uchrashuvni 30-yanvar kuni mezbon Indoneziyaga qarshi oʻtkazishadi.