Free ebooks Library zlibrary project

Oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Terma jamoamiz poytaxtda yig‘in o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun O‘zbekiston U-19 terma jamoasi “Metallurg” yoshlari bilan bahs yuritdi va kichik hisobda zafar quchdi.

 

O‘zbekiston U19 – “Metallurg” yoshlari 1:0

Gol: Sardor Yetovqo‘ziyev.

O‘zbekiston U-19: Mo‘minmirzo Qodirov, Ibragim Ro‘ziyev, Begzod Shamsiyev, Xurshid Ubaydullayev, Jalol Sodiqov, Humoyun Sherbo‘tayev, Sardor Yetovqo’ziyev, Javohir Husanov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asadjon Azimjonov, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Shukron Yo‘ldoshev, Yahyoxon Ma’rufxo‘jayev, Elnur Turg‘unov, Oybek Jo‘rayev, Doston Tursunov, Davron Anvarov, Farrux Muxtorov, Jamshid Rahmatullayev, Boburshox Sobirov, Azizbek Zokirov, Ruslanbek Jiyanov.