Free ebooks Library zlibrary project

FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20-avgustdan boshlab Farg‘ona shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishadi.

1-sentyabrdan yig‘inning ikkinchi qismi Ispaniyada davom ettiriladi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida xalqaro turnirda ishtirok etadi va 2025-yilgi U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Angliya, Kanada hamda Marokash o‘smirlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

3-sentyabr
Angliya — Oʻzbekiston

6-sentyabr
Kanada — Oʻzbekiston

9-sentyabr
Marokash — Oʻzbekiston

Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.