Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 3-noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Meksika U-17 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

45-daqiqada Lazizbek Mirzayev hisobni ochdi. 76-daqiqada esa Muhammadali Reimov oradagi farqni ikkitaga oshirdi va jamoamizning g‘alabasini ta’minladi.

Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 10-noyabr kuni Jahon chempionatining 1-turi doirasida Mali U-17 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.