Free ebooks Library zlibrary project

2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasining navbatdagi yig‘inlari yakunlandi. Sergey Chigodayev bosh murabbiyligidagi jamoamiz mazkur yig‘in doirasida beshta uchrashuv o‘tkazib, to‘rttasida g‘alaba qozondi va bir marta mag‘lubiyatga uchradi.

Yig‘inning dastlabki bosqichi Toshkentda o‘tkazildi. Unda o‘smirlarimiz 2-liga vakili OKMKni 6:1 hisobida mag‘lub etib, xalqaro safarga yo‘l olishdi.

Keyingi uchrashuvlar Podgoritsa (Chernogoriya) va Budapesht (Vengriya) shaharlarida bo‘lib o‘tdi:

Chernogoriya 2:3 O‘zbekiston
Chernogoriya 1:6 O‘zbekiston
Vengriya 3:2 O‘zbekiston
Vengriya 1:2 O‘zbekiston

Umumiy hisobda terma jamoamiz 5 ta uchrashuvda 19 ta gol kiritdi:
Laziz Abduraimov hamda Rustam Aliyev – 4 tadan;
Suhrob Sadirjonov – 3 ta;
Farruh Hayitmurodov – 2 ta;
Sogʻinch Marupov, Habib Toxirov, Sunnat Ibragimov, Odilxon Orifxonov, Ahrorbek Ravshanbekov va Muhammad Mamatov – 1 tadan gol kiritishga erishdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi quyidagicha fikrlarini bildirib o‘tdi:

Vengriyaga qarshi ikkinchi uchrashuvda futbolchilarimiz ancha tartibli o‘yin namoyish etishdi. Albatta, ikki xil taym guvohiga aylandik, chunki o‘yin boshida gol o‘tkazib yubordik. Bolalar barchasini nazorat ostiga olishib, g‘alaba qozonishga erishishdi.

Bu kabi raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazish bizga juda katta tajriba bermoqda. Ushbu yig‘inni tashkil etishda ko‘maklashgan barchaga, xususan, O‘FA rahbariyati, terma jamoalar va xalqaro aloqalar bo‘limiga rahmat aytamiz. Bolalar o‘yindan o‘yinga ochilib, o‘zlariga ishonch his qilib borishmoqda.

Osiyo kubogiga ham oz fursat qoldi. Hozir Toshkentga yo‘l olyapmiz. O‘ylaymanki, bu kabi o‘yinlar orqali musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib boramiz, dedi Sergey Chigodayev.