Free ebooks Library zlibrary project

Oldin xabar berganimizdek, sentyabr-oktyabr oylarida Bahraynda U-16 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Jumladan, 19-25 yanvar kunlari oralig‘ida Belarus poytaxti Minsk shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa o‘tkazilishi va unda terma jamoamiz ishtirok etishi haqida oldinroq ma’lumot bergan edik.

Mazkur musobaqa oldidan Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig‘in o‘tkazadi. Yig‘in 8 yanvardan start oladi va 17 yanvarga qadar davom etadi. So‘ngra terma jamoamiz Belarusga yo‘l oladi.

 

Yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati:

 

Ism-familiyasi Tug‘ilgan sanasi Ampluasi Jamoasi
1. Husan Mahmudov 2004 Darvozabon Paxtakor
2. Beknur Parmonov 2004 Darvozabon Nasaf
3. Asrol Kenjaev 2004 Darvozabon Spartak
4. Umar Rustamov 2005 Darvozobon Spartak
5. Azizjon Toshkenboev 2004 Himoyachi Oq-tepa
6. Vazgen Pogosyan 2004 Himoyachi Paxtakor
7. Sunnatilla Poyonov 2004 Himoyachi Paxtakor
8. Kirill Todorov 2004 Himoyachi Paxtakor
9. Aleksandr Zevadinov 2004 Himoyachi Bunyodkor
10. Mirkamol Saidmuratov 2004 Himoyachi Nasaf
11 Mirkamol Abdurazzoqov 2004 Himoyachi Paxtakor
12. Muxriddin Pazildinov 2004 Yarim himoyachi Paxtakor
13. Abduqodir Husanov 2004 Yarim himoyachi Bunyodkor
14. Alisher Xayrullaev 2004 Yarim himoyachi Nasaf
15. Asad Qaxxorjonov 2004 Yarim himoyachi Bunyodkor
16. Diyor Inomov 2004 Yarim himoyachi Spartak
17. Nodir Abdurazzoqov 2004 Yarim himoyachi Chirchiq OZK
18. Ziyod Hamzaev 2005 Yarim himoyachi Paxtakor
19 Abdulla Omonaliev 2005 Yarim himoyachi Spartak
20. Tohir To‘xtasinov 2004 Yarim himoyachi Bunyodkor
21. Sardor Xojiboev 2004 Hujumchi Paxtakor
22 Rustam Turdimurodov 2004 Hujumchi Paxtakor
23. Shahzod Akramov 2004 Hujumchi Nasaf
24. Obloyor Rahmatov 2004 Hujumchi Neftchi
25 Sarvar Bahodirov 2004 Hujumchi Yashnobod

 

“A” guruhi: Belarus, Finlandiya, Belgiya, O‘zbekiston.

 

1-tur

19-yanvar

Belarus – O‘zbekiston

 

2-tur

21-yanvar

Belgiya – O‘zbekiston

 

3-tur

23-yanvar

O‘zbekiston – Finlandiya

 

25-yanvar

5-o‘rin uchun o‘yin

3-o‘rin uchun o‘yin

Final

 

Musobaqaning barcha uchrashuvlari Minskdagi futbol manejida o‘tkaziladi.