Free ebooks Library zlibrary project

Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Belarus poytaxti Minskda tashkil etilgan “Rivojlanish kubogi-2020”da ishtirok etdi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Minsk yig‘inini BATE tarbiyalanuvchilariga qarshi o‘yin bilan yakunladi. BATE klubining 2003-2004 yillarda tug‘ilgan futbolchilariga qarshi o‘yinda o‘smirlarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Tarkibimizda kiritilgan gollarga Nodir Abdurazzoqov, Sardor Hojiboev, Diyor Inomov hamda Mirkamol Abdurazzoqov mualliflik qildi.

 

26.01.2020

O‘zbekiston U16 – BATE 4:1

Gollar: Nodir Abdurazzoqov (15), Sardor Hojiboev (23), Diyor Inomov (33), Mirkamol Abdurazzoqov (56).

O‘zbekiston U16: Boymurodov, Pogosyan, M. Abdurazzoqov, Omonaliev, To‘xtasinov, Inomov, Pazildinov, N. Abdurazakov, Hojiboev, Qaxxorjonov, Bahodirov

Zaxira: Kenjaev, Todorov, Turdimurodov, Xayrullaev.