Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 7-oktyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhidan o‘rin olgan bahsda Kambodja terma jamoasini 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Elbek To‘lqinov, Dilshod Rahmatov, Husniddin Nishonov (dubl), Jamshid Rahmatullayev va darvozabon Ravshan Eliboyev gol kiritgan bo‘lsa, raqib jamoa futzalchisi Cherap Richhi Kambodjaning yagona goliga mualliflik qildi.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 9-oktyabr kuni Malayziya terma jamoasiga qarshi o‘tkazsa, Kambodja va Iroq terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.