Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start olishiga 1 kundan ko‘proq vaqt qoldi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk o‘yinini 9-yanvar sanasida Eronga qarshi o‘tkazadi.

Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur uchrashuvga hozirlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Bugun ham olimpiyachilarimiz tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tdi. Mashg‘ulotga OFK media bo‘limi xodimlari, Xitoy televideniesi vakillari, shuningdek mahalliy Tailand nashrlari vakillari tashrif buyurishdi.

Mashg‘ulot avvalida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich OAV vakillariga qisqa intervyu berdi:

– Jamoamiz musobaqaga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Tarkibda iqtidorli yigitlar jamlangan. Oldinda bizni juda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Zero Eron ham, Xitoy va Janubiy Koreya ham qit’ada o‘z o‘rniga ega kuchli jamoalar. Lekin ularni hurmat qilgan holda aytamanki, biz har bir raqib bilan tengma-teng o‘ynashga shaymiz. Avvalgi musobaqada O‘zbekiston g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, shu boisdan muxlislar bizdan bu gal ham muvaffaqiyatli ishtirok kutishadi. Biz o‘zbekistonlik futbol muxlislariga Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz, – deya ta’kidladi tajribali mutaxassis.

Mashg‘ulot jarayoni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yigitlarning barchasi mashg‘ulotlarda qattiq ishtiyoq bilan mexnat qilishdi.

Quyida mashg‘ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: