O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi.
“Sharja” stadioni mezbonlik qilgan mazkur bahsda Milliy jamoamiz a’zolari Suriya vakillariga qarshi maydonga chiqdi.
Ikkinchi bo’lim avvalida Mahmud Al Mavas tomonidan Abduvohid Ne’matov qo’riqlayotgan darvozaga kiritilgan yagona gol yakunda Suriyaga 1-0 hisobidagi g’alabani taqdim etdi.
Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi
Suriya 1-0 O‘zbekiston
Gol: Mahmud Al Mavas 48′
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islomjon Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon Gʻaniyev, Oybek Bozorov (Dostonbek Hamdamov 61′), Jaloliddin Masharipov (Xojimat Erkinov 61′), Lutfulla To‘rayev (Sanjar Qodirqulov 82′), Bobir Abdixoliqov (Temurxo‘ja Abduxoliqov 76′), Igor Golban (Murod Xolmuhammedov 68′), Jamshid Iskanderov (Abror Ismoilov 68′), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
Zaxira: Botirali Ergashev, Javohir Ilyosov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Shahzod Ubaydullayev, Akmal Mozgovoy
Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev 11′, Oybek Bozorov 53′, Islomjon Qobilov 65′, Murod Xolmuhammedov 79′
Chetlatish: Yussuf Al Hamvi 52′ – Hojiakbar Alijonov 10′
Amalga oshirilmagan penalti: Mahmud Al Mavas 59′