O’zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida bo’lib o’tadigan muhim uchrashuvlar oldidan Toshkentda tashkil etilgan o’quv-mashg’ulot yig’inini yakunlab, BAAga yo’l oldi.
Bugun tongda Milliy jamoamiz delegatsiyasi HY-333 havo reysi orqali Dubay shahriga jo’nab ketdi.
O’zbekiston MTJ 30-may sanasida Tailand vakillariga qarshi to’p suradi va 1-iyun kuni Saudiya Arabistoniga yetib boradi.
Ma’lumot o’rnida, bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o’tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan.