Free ebooks Library zlibrary project

Maʼlumki, dunyoning koʻplab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga koʻra, Yaponiya futbol assotsiyatsiyasi 21-yanvar kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan oʻrtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur boʻldi.

Ayni vaqtda OʻFA mutaxassislari va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazish borasida ish olib bormoqda.