O’zbekiston milliy terma jamoasi afsonalari rukni ostida terma jamoamiz safidagi chiroyli o’yinlari bilan muxlislar e’tirofiga tushgan o’yinchilar haqida hikoya qilishda davom etamiz.
Mirjalol Qosimov
* Osiyo o’yinlari-1994 g’olibi;
* Jarima zarbalari ustasi;
* O’zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (1993, 1998, 2001, 2004);
* O’zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (2012);
Debyut o’yini: Tojikiston – O’zbekiston 2:2
Mirjalol Qosimov milliy jamoadagi debyutini 1992-yilning 17-iyun kunida Tojikistonga qarshi Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogi doirasida o’tkazgan. O’sha o’yin O’zbekiston terma jamoasining ilk rasmiy uchrashuvi edi.