Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning yetakchi futzal terma jamoalari bilan o’rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.

Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari o’tgan hafta Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashdi. “Yunusobod” sport majmuasida bo’lib o’tgan ushbu uchrashuvlarda dastlab during natija, keyingi bahsda esa vakillarimiz g’alaba qozondi.

Jahon chempionati uchun tuzilgan tayyorgarlik rejasiga asosan futzalchilarimiz 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazadi. Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig’in uchun 20 nafar futzalchini jalb etgan.

Shuningdek, terma jamoamiz jismoniy tayyorgarligi oshirish va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash maqsadida ispaniyalik Karlos Korona Suares hamda Arkaitz Sisniega Gomes murabbiylar shtabida ish boshlaydi.

Yig’inga chaqiruv olgan futzalchilar ro’yxati:

Ism-familiyasi Ampluasi

Klubi

1. Elmurodov Abbos Darvozabon “Xuasin J.”
2. Eliboyev Ravshan Darvozabon “Paxtakor”
3. Umarov Rustam Darvozabon AGMK
4. Erkinov Xushnur Himoyachi “Metallurg”
5. Adilov Mashrab Himoyachi “Paxtakor”
6. Raxmatov Anasxon Himoyachi AGMK
7. Xamroyev Ilhom Himoyachi AGMK
8. Raxmatov Dilshod Himoyachi “Xuasin J.”
9. Sadiyev Shaxzodjon Himoyachi “Xuasin J.”
10. Ibragimov Isoxon Himoyachi AGMK
11. Ropiyev Ixtiyor Hujumchi AGMK
12. Nishonov Xusniddin Hujumchi AGMK
13. Choriyev Davron Hujumchi AGMK
14. Jo’rayev Sunnatilla Hujumchi “Paxtakor”
15. To’lqinov Elbek Hujumchi “Maksam Chirchik”
16. Usmonov Akbar Hujumchi “Paxtakor”
17. Axadjonov Muzaffar Hujumchi AGMK
18. Solixov Xayrulla Hujumchi “Lokomotiv”
19. Shavkatov Dilmurod Hujumchi “Paxtakor”
20. Ibragimov Davlat Hujumchi “Xuasin J.”