Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Livanga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs mezbonlar ustunligi ostida o‘tdi va yakunda terma jamoamiz 8:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Husniddin Nishonov, Davron Choriyev (xet-trik), Ixtiyor Ropiyev (xet-trik) va Ilhomjon Hamroyevning gollariga raqib jamoa futzalchilari – Muhammad Kobeysiy, Mustafo Rahim hamda Georgio el-Xuriy (dubl) javob qaytardi.

Uchrashuv avvalida O‘FA qoshidagi futzalni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Jahongir Usmonov tomonidan Livan bosh murabbiyi Joau Almeydaga esdalik sovg‘asi topshirildi.

Ushbu ikki jamoa o‘rtasida 1-oktyabr kuni o‘tkazilgan dastlabki bahsda 3:3 hisobidagi during natija qayd etilgan edi.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 7-11 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida Osiyo kubogi saralash bosqichi dorasida Iroq, Kombodja va Malayziyaga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.