Bugun 8-sentyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi “Humo arena”da Braziliyaga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ushbu bahsda Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi futzalchilarimiz 2:5 hisobida mag’lub bo’ldi. Jamoamizning gollariga Ilhomjon Hamroyev (2′) va Muzaffar Ahadjonov (27′) mualliflik qildi.