Indoneziyada dunyoning 70 dan ortiq mamlakatining futbolchilar uyushmalari ishtirokida FIFPRO Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli forum o‘zbek futboli uchun ham muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Futbolchilari Uyushmasi FIFPRO to‘laqonli a’zosi sifatida rasman e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, uyushma 2017-yilda tashkil etilib, qisqa muddat ichida futbolchilar ishonchini qozondi.