Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining nufuzli AFC Grassroots Charter Gold (OFKning Ommaviy futbol Xartiyasi) darajasidagi a’zolari tarkibiga kirdi va bu darajaga qabul qilingan yettinchi mamlakat bo‘ldi.

Dastlab 2020-yilda “Kumush” darajadagi aʼzolikka maʼqullagan OʻFA 2023-yil dekabrida yaxshi yutuqlarni koʻrsatib, “Oltin” darajasiga koʻtarildi.

OFK ekspertlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini ommaviy futbolni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatga ega tashkilot sifatida alohida ta’kidlab, O‘FA, uning 14 ta hududiy assotsiatsiyalari va davlat muassasalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik hamda futbolni rivojlantirish hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlashdi.

Ayni paytda O‘FA tomonidan boshlang‘ich va o‘rta maktablarda 512 ta FIFA Football in School (FFIS) dasturlari mavjud bo‘lib, 2030-yilgacha mamlakatdagi 10 000 ga yaqin maktablarning barchasida ushbu loyiha amalga oshirishi kutilmoqda. 10 000 ta maktabning 90 foizdan ortig‘i tegishli futbol jihozlariga ega bo‘ladi va moliyalashtiriladi. Markaziy hukumat tomonidan ularning barchasi FFIS loyihasidan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlanishi kutilmoqda.


Futzal, faxriylar va nogironlar futboli, shuningdek, OFK Ayollar futboli kuni va AFC Grassroots Football Day kabi festivallar ham mintaqaviy darajada mashhur. 2023-yil sentabr oyida yoshlar terma jamoasiga iqtidorli futbolchilarni aniqlash maqsadida 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi ilk turnir o‘tkazildi.

Mintaqaviy ommaviy musobaqalar muntazam ravishda ko‘plab ishtirokchilarni jalb qiladi. Masalan, “Charm to‘p” yoshlar turniri 130 000 ishtirokchini jalb qilgan bo‘lsa, “Futbolimiz kelajagi” 200 000 o‘yinchini qamrab oldi.


Futzal, faxriylar futboli va nogironlar futboli, shuningdek, OFK Ayollar futboli kuni va AFC Grassroots Football Day kabi festivallar ham mintaqaviy darajada mashhur. 2023-yil sentabr oyida yoshlar terma jamoasiga iqtidorli futbolchilarni aniqlash maqsadida 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi ilk turnir o‘tkazildi.

Baholovchilar O‘FAning strategik maqsadi sifatida 2030-yilga borib aholidagi faol o‘yinchilar sonini 2,7 foizdan besh foizga oshirishga alohida e’tibor qaratishdi. Ommaviy va havaskor futbol davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va ishtiroki e’tiborga molik.

Bu yangi milliy o‘quv markazidan tortib, maktab inventarlari, sport zallari va ochiq o‘yinlar uchun mo‘ljallangan mini-maydonchalarni yangilashgacha bo‘lgan rivojlanish imkoniyatlarini oshirishda namoyon bo‘ldi.

Baholovchilar, shuningdek, mamlakatda futbol o‘ynashni xohlovchi juda ko‘p insonlar bor ekanini ta’kidladilar, bu esa jamoatchilikning futbolga bo‘lgan umumiy qiziqishida namoyon etadi.

Maqola so‘nggida O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumovning fikrlari qayd etilgan:

“Biz OFKning butun qit’a bo‘ylab ommaviy futbolni rivojlantirishga intilayotgani va bizga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

OFK Grassroots Charter Gold darajasidagi a’zolikni qo‘lga kiritish sharaf va mas’uliyatdir. Biz Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan hamkorlik doimo tayyormiz”.