Bugun, 11-iyul kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi va g’alaba qozondi – 3:1.
Uchrashuv vakillarimizning ustunligi ostida o’tdi. 2-daqiqada Abror Ahmetzyanov raqib darvozasini ishg’ol etgan bo’lsa, 12-daqiqada O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi tarkibida debyutini nishonlagan Mehroj Yunusov farqni ikkitaga oshirdi. 17-daqiqada Gvatemala futzalchisi tepgan to’p, Ilhomjon hamroyevga tegib yo’nalishini o’zgartirdi va darvozamizdan joy oldi. Ikkinchi bo’limda ham jamoalar hujumkorlikni oshirishdi. 36-daqiqada Fazliddin Botirov gol urib, jamoamizning g’alabasini ta’minladi.
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz ertaga, 12-iyul kuni Gvatemalaga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadi.