Bugun, 1-noyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi doirasida Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Nilufar Kudratova 2-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 50 va 82-daqiqada jamoamiz sardori Lyudmila Karachik raqib jamoa darvozasini ishg‘ol etdi va O‘zbekiston ayollar terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Midori Honda boshqaruvidagi terma jamoamiz tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlari saralash turnirining yakuniy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
3-saralash bosqichi o‘yinlari 2024-yilning 24-28 fevral kunlari o‘tkaziladi.