Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFK murabbiylik konvensiyasining Pro darajasi va OFK Elite Youth dasturining 3 yulduzli darajasi bilan taqdirlandi.

Elite Youth 3 yulduzli darajasi keng doiradagi xizmatlar, yuqori darajadagi infratuzilma hamda muvaffaqiyatli natijalar uchun taqdim etiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda murabbiylar uchun OFKning Pro litsenziyalarini taqdim etuvchi o‘quv-kurslarini davom ettirishga imkon beradigan maxsus diplom topshirildi. Diplomlarni OFK rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifadan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov qabul qilib oldi.