Bugun, 30-sentyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining 1/4 final bosqichi doirasida Xitoy Taypeyi terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. 52-daqiqada Diyora Xabibullayeva hisobni ochgan bo‘lsa, raqib jamoa futbolchisi Su Yu-Hsuan 86-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ekstra-taymlarda jamoamiz faollikni oshirdi va Umida Zoirovaning 100-daqiqada kiritgan goli, O‘zbekiston ayollar terma jamoasini Osiyo o‘yinlari finaliga olib chiqdi.
Midori Honda boshchiligidagi terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 3-oktyabr kuni Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.