Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 1-oktyabr kuni O’zbekiston U-23 terma jamoasi Xanchjou shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo o’yinlari futbol bahslarining chorak final bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g’alaba qozondi.

Uchrashuvni futbolchilarimiz faol tarzda boshlashdi va Saidazamat Mirsaidov 24-daqiqada raqib darvozasini ishg’ol etdi. 44-daqiqada darvozabon Vladimir Nazarovning uzatmasidan so’ng Alisher Odilov hisobni 2:0 ko’rinishiga keltirdi. Saudiya Arabistoni futbolchisi Maran Muhammad 66-daqiqada jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Ushbu hisob o’yin yakuniga qadar o’zgarmadi.

Shu tariqa O’zbekiston olimpiya terma jamoasi 1994-yildan buyon ilk marta Osiyo o’yinlari yarim finaliga yo’l oldi.

Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz Xitoy – Janubiy Koreya bellashuvi g’olibiga qarshi bahs olib boradi.