Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining 1/2 final bosqichi doirasida KXDR ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Raqib jamoa futbolchisi Kim Kyong-Yong penta-trik qayd etgan bo‘lsa, Hong Songok, An Myongsong Ri va Hae-Yon bir martadan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o’yinlari bronza medali uchun kurashadigan bo’ldi.

Midori Honda boshchiligidagi terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 6-oktyabr kuni Xitoy – Yaponiya uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi o‘tkazadi.