Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston U15 terma jamoasi Tojikiston safari oldidan Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda.

Kecha o’smirlar terma jamoamiz “Chig’atoy” stadionida Toshkent viloyati U15 terma jamoasi bilan ikkita o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlabki bahsda Server Jeparov shogirdlari 3-1 hisobida g’alaba qozongan bo’lsa, ikkinchi o’yinda jamoalar 2-2 hisobidagi durang natijani qayd etgan.

Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston U15 terma jamoasi 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig’in davomida Tojikiston U15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.

Mazkur o’rtoqlik o’yinlari 11- va 13-avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo’lib o’tadi. Bahslar yurtimiz vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.

O’rtoqlik uchrashuvi
O’zbekiston U15 3-1 Toshkent viloyati U15
Gollar: Hamid Turg’unboyev (xet-trik)

O’zbekiston U15 2-2 Toshkent viloyati U15
Gollar: Mirjalol Mirhalilov (dubl)