Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

37-daqiqada Diyor Xolmatovning uzatmasidan so‘ng Azizbek Turg‘unboyev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida esa raqib futbolchisi Sarachat Supachok hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqada esa Abbosbek Fayzullayev gol urib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Srechko Katanes boshqaruvidagi milliy jamoamiz chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 3-fevral kuni Al-Xor shahridagi “Al-Bayt” stadionida Qatar terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.