Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 3-fevral kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 1/4 final bosqichi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Jamoamizning yagona goliga Odiljon Hamrobekov tomonidan 58-daqiqada kiritildi. Penaltilar seriyasida esa 2:3 hisobida imkoniyat boy berildi.

Shu tariqa Srechko Katanes boshqaruvidagi milliy jamoamiz chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi rasmiy uchrashuvi 21-mart kuni Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gong Kong terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.