Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo kubogi – 2023. “B” guruhi jamoalari:

Avstraliya
Oʻzbekiston
Suriya
Hindiston

Oʻzbekiston

Bosh murabbiy — Srechko Katanes
Eng yaxshi to‘purar — Eldor Shomurodov (38)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Server Jeparov (127)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1996-yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogida ishtirok etib kelmoqda. Milliy jamoamiz 2011-yilgi turnirda yarim finalga qadar yetib borgan.

Avstraliya

Bosh murabbiy — Grem Arnold
Eng yaxshi to‘purar — Tim Keyxil (50)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Mark Shvartser (109)

Avstraliya terma jamoasi 2007-yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogida ishtirok etib kelmoqda. Jamoaning eng yaxshi natijasi ushbu mamlakat mezbonligida o‘tgan 2015-yilgi turnir chempionligi hisoblanadi.

Suriya

Bosh murabbiy — Ektor Kuper
Eng yaxshi to‘purar — Firas Al-Xatib (36)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Mohir Al-Sayid (109)

Suriya terma jamoasi Osiyo kubogida olti marta ishtirok etgan va ularning barchasida guruh bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan.

Hindiston

Bosh murabbiy — Igor Shtimak
Eng yaxshi to‘purar — Sunil Chetri (93)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Sunil Chetri (145)

Hindiston terma jamoasi Osiyo kubogida besh marta ishtirok etgan. Jamoa 1964-yilgi turnirda finalga qadar yetib borgan.