Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 34-Kongressi oʻtkazildi. Unda OFK Ijroiya Qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Kun tartibiga koʻra, OFK Ijroiya qoʻmitasiga vakilat muddati 2023-2027-yillarni tashkil qiluvchi yangi aʼzolari sayladi. Xususan, tojikistonlik Mijgona Mahmadaliyeva OFKning Markaziy mintaqa boʻyicha ayollar ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Koreya Respublikasidan Chung Mong Gyu esa Sharqiy mintaqa boʻyicha OFK Ijroiya qoʻmitasiga saylandi.

Bundan tashqari, Kongress OFK Nizomining 32.8 va 32.9-moddalariga oid bir qancha aʼzo assotsiatsiyalardan kelib tushgan takliflarni maʼqulladi.

“OFK boshqaruv sohasida ajoyib yutuqlarga erishdi va bizda soʻnggi oʻn yil davomida birgalikda qurilgan mustahkam poydevorlar uchun aʼzo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarga minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu mustahkam poydevor va birdamlik bizga shu yil oxirida joriy etiladigan, kelasi oʻn yillikda Osiyo klublari oʻyinida inqilob qiladigan yangi klub islohotlarini oʻtkazishimiz uchun yoʻl ochdi”, dedi Shayx Salmon.

Kongress davomida, shuningdek, tashkilotning 2023-yil yakunlari boʻyicha moliyaviy va auditorlik hisobotlari tasdiqlandi.