Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, 2018-yilning mart oyidan buyon Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Аzamat Аbduraimov oʼz arizasiga binoan isteʼfoga chiqqan edi.

Oʼzbekiston U-16 terma jamoasiga endilikda ushbu yosh toifasidagi futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega boʼlgan Olim Shokirov ustozlik qiladi.

Kecha OʼFA Murabbiylar kengashining yigʼilishi boʼlib oʼtdi va unda Oʼzbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi boʼlishga nomzodlar koʼrib chiqildi. Murabbiylar kengashining tavsiyasi inobatga olingan holda Olim Shokirov endilikda Oʼzbekiston U-16 terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib boradi. Shu paytga qadar Oʼzbekiston U-16 terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan mutaxassislar ham faoliyatini davom ettiradi – Sergey Arslanov (katta murabbiy), Timur Gʼaniyev (darvozabonlar murabbiyi) hamda Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik boʼyicha murabbiy).

Shuningdek, Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida tajribali mutaxassislar – Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliyev maslahatchi murabbiy sifatida oʼz tavsiyalarini berib borishadi.