Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa U-23 Osiyo kubogi gʻolibiga yoʻllagan tabrigida musobaqa finalchisi Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi va turnir tashkilotchisi OʻFAni eʼtirof etdi.

“Yakshanba kuni Oʻzbekiston terma jamoasi ajoyib qatʼiyat va jamoaviy mahorat namoyish qildi. Bundan tashqari, oʻzbekistonlik muxlislar finalni yorqin oʻtishiga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston bizga ajoyib daqiqalarni taqdim etdi. Bu “Oq boʻrilar”ning jasoratli harakati edi”, dedi OFK rahbari.

Shuningdek, Shayx Salmon musobaqani muvaffaqiyatli oʻtkazishdagi mehnat va saʼi-harakatlari uchun Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi hamda Mahalliy tashkiliy qoʻmitani alohida qayd etdi:

“AFC U23 Asian Cup™ Uzbekistan 2022 musobaqasi OFKning barqaror va normal hayot tarziga qaytayotganligini koʻrsatib berdi. Biz Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Mahalliy tashkiliy qoʻmitani chinakam esda qolarli turnir tashkil etishda qatʼiyat koʻrsatgani uchun olqishlashimiz kerak”, deyiladi maktubda.