Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 34-kongressi yakunida OFK Elit Chempionlar Ligasi, OFK ayollar Chempionlar Ligasi, OFK Chempionlar Ligasi 2 va OFK Chaqiruv ligasining yangi dizayndagi logotiplari namoyish qilindi.

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa ushbu muhim yangilanishlar OFKning qarashlari va missiyasi orqali uning aʼzo assotsiatsiyalari uchun jahon miqyosidagi musobaqalarni oʻtkazishga intilishlarni kuchaytirishini ta’kidladi.

Elit Chempionlar ligasida qit’aning eng yaxshi 24 klubi qatnashsa, Ayollar Chempionlar ligasi 12 ta jamoadan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, Chempionlar ligasi 2 turnirida 32 ta, Chaqiruv ligasida esa 20 ta jamoa ishtirok etishi belgilangan.