Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Kuala Lumpur shahrida OFK Hakamlar qoʻmitasining yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar bermoqda. Yigʻilishda qoʻmita aʼzolari, xususan, OʻFA birinchi vitse-prezidenti, OFK Hakamlar qo‘mitasi raisi oʻrinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2023-2027 yillarga moʻljallangan va jahon standartlariga asoslangan Osiyoning hakamlik tamoyillari yana bir bor tasdiqlandi. Hani Taleb Al Raisi boshchiligida Qoʻmita “AFC Video Match Officials” rasmiylari guruhini tashkil etishni maʼqulladi. Ushbu guruhga OFK musobaqalaridagi hakamlarning faoliyatini yanada jiddiyroq va aniqroq baholashni taʼminlash vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, qoʻmita aʼzolariga OFKga aʼzo assotsiatsiyalarning 2025-2026-yillarga moʻljallangan xalqaro hakamlar kvotalari hamda OFKning 2023-2027-yil uchun hakamlarni tayinlash boʻyicha quyi qoʻmitasi aʼzolari haqida ham maʼlumot berildi. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatiga hakamlarning tayyorgarlik rejalari ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qoʻmita aʼzolari nafaqat FIFA musobaqalarida osiyolik rasmiylarning soni rekord darajaga yetganini, balki jahon futbolining eng muhim va hal qiluvchi bosqich uchrashuvlarini mintaqamiz vakillari nazorat qilayotganlarini ham mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Oʻtgan yilning oktyabr oyidan boshlab OFK rasmiylari 2022-yilda Marokashda oʻtgan Klublar oʻrtasidagi JCh, 2022-yilda Hindistonda boʻlib oʻtgan U-17 ayollar oʻrtasidagi JCh hamda Qatarda boʻlib oʻtgan JChning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayinlov olishgan.

OFK hakamlar akademiyasi, “AFC Refereeing STAR” dasturi, OFK aʼzo assotsiatsiyalari hakamlik boshqaruvi loyihasi bilan bir qatorda oʻtgan yilning noyabr oyidan boshlab Osiyo hakamlari uchun koʻplab seminarlar tashkil etildi. Qoʻmita onlayn murabbiylik mashgʻulotlarining taʼsirini ham yuqori baholadi, 2022-yilda joriy etilganidan beri aʼzo assotsiatsiyalar uchun 107 ta virtual murabbiylik sessiyalari oʻtkazildi.