Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Avval xabar berganimizdek, bugun O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi o’tkazildi.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi majlislar zalida tashkil etilgan ushbu kongressda O’FA rahbariyati, Ijroiya qo’mita a’zolari, delegatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kongressni O’FA prezidenti Abdusalom Azizov kirish nutqi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, O’FA bosh kotibi Avaz Maksumov Kongress kun tartibidan o’rin olgan masalalarni o’qib eshittirdi.

Kongressning kun tartibidan quyidagi masalalardan iborat bo’ldi:

1. O‘FA ustavini FIFA va OFK talablari asosida yangi tahrirda tasdiqlash.
2. O‘FA saylov kodeksini tasdiqlash.
3. O‘FA saylov qo‘mitasini tasdiqlash.
4. O‘FA apellyatsiya saylov qo‘mitasini tasdiqlash.

Bugungi kunda FIFA va OFK a’zo davlatlarga o‘z ustavlarini mazkur tashkilotlar tomonidan belgilangan talablarga moslashtirilishi vazifasi qo‘yilmoqda. Shu munosabat bilan, O‘FAning amaldagi ustavini yangi tahrirda tayyorlash uchun FIFA tomonidan yangi ustav namunasi O‘FAga taqdim etildi. Mazkur ustav namunasining har bir moddasi o‘tgan oylar davomida FIFA hamda OFK vakillari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi hamda atroflicha muhokama qilindi.

Yangi ustav namunasida asosiy o‘zgarishlar asosan O‘FAda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonini tartibga solish hamda tashkilotning ochiqlik siyosatini takomillashtirishga qaratilgan. O‘FA tomonidan mazkur ustav bo‘yicha bir qancha taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar FIFA va OFK tomonidan ijobiy baholandi.
Kongress kun tartibiga ko’ra, dastlab, delegatlar yangi tahrirdagi O‘FA ustavini qabul qilish bo’yicha ovoz berdilar va unga ko’ra ushbu taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Yangi tahrirdagi O‘FA ustavining 30-moddasida O‘FAda saylovlar Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Saylov jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, nomzodlarni Ustav asosida ro‘yxatga olish, ovoz berish va berilgan ovozlarni hisoblashni Ustavga muvofiq amalga oshirish hamda saylov yakunlari bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olishda Saylov kodeksi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘FA uchun yangi bo‘lgan Saylov kodeksini tasdiqlash bo’yicha delegatlar ovoz berdi. Unga ko’ra Kongressga tashrif buyurgan barcha delegatlar bir ovozdan mazkur taklifni ma’qulladi.

Saylov jarayonlarini tartibga solish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda Saylov jarayonlarini boshqarish uchun Saylov qo‘mitasi asosiy ishchi organ bo‘lib xizmat qiladi. 2021-yil sentyabr oyida O‘FA Prezidentligi, Vitse-prezidentligi hamda Ijroiya Qo‘mitasi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda saylov qo‘mitasi tashkil etilishi talab etiladi. Mazkur qo‘mita a’zolari, huquqiy bilimga ega hamda saylov jarayonlarini yaxshi tushunadigan shaxslar orasidan saralab olingan bo‘lib, uning tarkibini tasdiqlash bo’yicha delegatlar o’rtasida ovoz berish jarayoni o’tkazildi. Nomzodlar ro’yxati delegatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, kun tartibidan O‘FAning apellyatsiya saylov qo‘mitasini tasdiqlash masalasi ham o’rin oldi. Saylov jarayonlari yakunida Saylov qo‘mitasi olib borgan ishlar yuzasidan turli tushunmovchiliklar hamda e’tirozlarga to‘g‘ri va adolatli munosabat bildirish, Saylov qo‘mitasining harakatlari bo‘yicha kelib tushgan shikoyatlarni xolisona ko‘rib chiqish uchun alohida Apellyatsiya saylov qo‘mitasini tashkil etish hamda uning a’zolarini tasdiqlash xam talab etiladi. Shu maqsadda, Apellyatsiya saylov qo‘mitasi tarkibini tasdiqlash bo’yicha delegatlarga taklif berildi va bir ovozdan ushbu taklif ma’qullandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2021-yilgi navbatdan tashqari Kongressi kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi va Kongress yopiq deb e’lon qilindi.