Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Ustaviga asosan joriy yilning 25-sentyabr kuni soat 14:30 da Toshkent shahri, Olmazor ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida O‘FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo‘lib o‘tadi.

O‘FA a’zo tashkilotlari tomonidan jami 24 ta nomzodlar lavozimlar kesimida kelib tushdi. O‘FA Saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, nomzodlarning quyidagi ro‘yxati shakllantirildi. Jumladan:

O‘FA Prezidenti lavozimiga:

Azizov Abdusalom Abdumavlonovich

O‘FA Birinchi vitse-prezidenti lavozimiga:

Irmatov Ravshan Sayfiddinovich

O‘FA Vitse-prezidenti ikkita lavozimlariga:
Ikramov Azizbek Isroilovich
Usmanov Jaxangir Mirabrorovich
Abdullayev Mehriddin Razzoqovich
Zikriyayev Raxmidin Egamovich
Isroilov Shoakrom Xolmatovich
Karimov Dilshod Murodjanovich

Ijroiya Qo‘mita 9 ta a’zoligiga:
Mirobidova Edita Lukmanovna
Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich
Isoqov To‘lagan Ulmasovich

Qolgan 13 ta nomzod O‘FA Ustavining 30-moddasi 3 bandiga asosan kamida 3 ta a’zo tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadi.

O‘ZBEKISTON FUTBOL ASSOTSIATSIYASINING NAVBATDAGI HISOBOT-SAYLOV KONGRESSI KUN TARTIBI:

I. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2021-yil 19-iyunda o‘tkazilgan navbatdan tashqari Kongress bayonini tasdiqlash.

II. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining tasdiqlangan Ustaviga asosan mustaqil qo‘mitalar va yurisdiksiya organlarini faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risida.

III. Moliyaviy hisobot va yillik hisobotni o‘z ichiga olgan yillik auditorlik hisobotni tasdiqlash.

IV. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.

V. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti, Vitse-prezidentlari va Ijroiya Qo‘mita a’zolarini saylash.