Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Shu boisdan “Qizilqum” PFK a’zolari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati tashkil etilib kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘FA ishchi guruhi davra suhbati yakunlangach Navoiy shahridagi viloyat futbol mahorati maktabining mashg‘ulotlar o‘quv bazasi (Kimyogar o‘yingohi) va “Qizilqum” jamoasining uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi “Yoshlar” sport majmuasini ham ko‘zdan kechirib, mavsumga tayyorgarlikni qay darajada tashkil etilayotgani bilan tanishdi.