Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bolalar, o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib bormoqda.

Jumladan, O‘FA mutaxassislari viloyatlarga tashrif buyurib, bolalar va o‘smirlar futboliga bo‘lgan e’tibor, mavjud shart-sharoit hamda infratuzilmani yaqindan o‘rgamoqda.

Kuni kecha O‘FA mas’ul vakillari Samarqand viloyati futbol mahorat maktabida bo’lib, u yerda o‘tkazilayotgan “Professional futbol maktablar ligasi” hududiy bosqichi musobaqasini kuzatib bordi.

Shuningdek, mazkur musobaqaga tayinlangan hakamlar bilan suxbat o’tkazildi. Futbol mahorat maktabida futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so’ng, O‘FA vakillari Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashib, viloyat futbolining bugungi holati va yaqin kelajak rejalari muhokama etdi hamda O‘FA tomonidan barpo etiladigan futbol mahorat maktabining infratuzilmasi va qurilish maydonlari bilan tanishdi.

Xizmat safari so‘nggida, viloyat futbol assotsiatsiyasning kadrlar bo‘limining hozirgi holati o‘rganildi va mutaxassislarga kerakli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlash tavsiya etildi.